Shavkat Mirziyoyev O‘mon tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Suhbat avvalida vazir O‘zbekiston prezidentiga O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni O‘mon sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida vazir O‘zbekiston prezidentiga O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazgan.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Idoralararo va ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston—O‘mon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlangan.
Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan, may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz davlatlari» muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025