Tramp kelasi hafta rossiyaliklar bilan yangi muzokaralar bo‘lishini e’lon qildi
Moskva, shuningdek, Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Foto: AP
Rossiya va AQSh delegatsiyalari Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb xabar berdi Euronews.
Unga ko‘ra, muzokaralar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda 25 fevral kuni, birinchi uchrashuvdan roppa-rosa bir hafta o‘tgach bo‘lib o‘tadi.
AQSh va Rossiya vakillarining birinchi muzokaralaridan so‘ng, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, har ikki tomon uchta maqsadga erishish bo‘yicha keng ko‘lamda kelishib olgan: Vashington va Moskvadagi elchixonalarida xodimlar sonini qayta tiklash; Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash uchun yuqori darajali guruh tuzish; Shuningdek, yaqinroq munosabatlar va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish.
Muzokaralarda Ukraina rasmiylari ishtirok etmadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda. Yuzma-yuz uchrashuv chog‘ida nafaqat Ukrainadagi urush, balki keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilinishi mumkin.
Mavzuga oid

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:59
Frontdagi vaziyat: Moskva Kursk oblastidagi jiddiy yutuqlari haqida e’lon qilmoqda

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

13:19