Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi avtomobillardan biri katta tezlikda harakatlangani va oraliq masofani saqlamagani natijasida kelib chiqqan.

Foto: Andijon viloyati YHXB
Andijon viloyati YHXB Andijon tumanida to‘rtta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 21 fevral kuni soat 22:10 larda Andijon tumani Mingo‘rik MFY hududida Asaka—Andijon yo‘nalishi bo‘ylab katta tezlikda ketayotgan Nexia-3 o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, ortga qayrilib olmoqchi bo‘lgan boshqa bir Nexia-3 mashinasiga urilgan. YTH oraliq masofa saqlanmagani sabab kelib chiqqan.
Natijada, birinchi transport vositasi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 rusumli avtomashinalar bilan ham to‘qnashuv sodir etgan.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor», — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:06
Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

13:41 / 06.05.2025
Farg‘onada Nexia 3 va Tico to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

23:43 / 05.05.2025