O‘zbekiston | 13:54 / 21.02.2025
1099
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning birinchi elchisi Albaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Baxtiyor Ibragimov 2023 yil noyabr oyida Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.  Shuningdek, u 2023 yilda shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan YeXHT, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, AEXA kabi xalqaro tashkilotlardagi mamlakat rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiya qilingan.

Mavzuga oid