Tramp Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha soddalashtirilgan kelishuvni ko‘rib chiqmoqda
Tramp uchun AQSh Ukrainaga yordam sifatida sarflagan pullarini qaytarib olayotganini amerikaliklarga ochiq aytish muhim ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: REUTERS/Shannon Stapleton
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha soddalashtirilgan kelishuvni tuzishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi muzokaralar borishi bilan tanish bo‘lgan ikki kishiga tayanib xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bitimning soddalashtirilgan varianti uning imzolanishini tezlashtiradi va bu holatda batafsil shartlar keyinroq muhokama qilinadi. Ushbu yondashuv Qo‘shma Shtatlarga ko‘plab huquqiy va logistika to‘siqlarini chetlab o‘tishga imkon beradi va kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun vaqt qoldiradi.
Ukraina Tramp ma’muriyati bilan tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuvga tayyor ekanini aytgan. Yana bir manbaning qo‘shimcha qilishicha, bitim shartlari unchalik «vahshatli» ko‘rinmasligi kerak. Ular Trampning Amerika xalqiga AQSh Ukrainaga yordam uchun sarflagan pullarini qaytarib berayotganini ochiq aytishi muhimligini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Tramp Kiyevga berilgan harbiy va moliyaviy yordam evaziga Ukrainadagi nodir yer metallaridan AQSh foydalanishiga ruxsat beruvchi kelishuv tuzishni rejalashtirayotganini aytgan edi.
AQSh Ukrainadagi barcha foydali qazilmalar zaxiralarining yarmini oladigan kelishuv loyihasi 12 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga AQSh moliya vaziri Skott Bessent bilan Kiyevdagi uchrashuvidan 4 soat oldin topshirilgan. Shu bilan birga, Zelenskiydan shartnomani zudlik bilan imzolash talab qilingan. Kiyev Tramp ma’muriyati talablari ko‘lamidan lol qolgan. Zelenskiy shartnomani imzolashdan bosh tortgan.
Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan kelishuvda Vashingtonning Ukrainadagi mineral va neft-gaz resurslari, portlar va «boshqa infratuzilma» ustidan nazorati nazarda tutilgan.
Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning resurslar qazib olishdan keladigan joriy daromadlarining 50 foizini, shuningdek, «uchinchi tomonlarga berilgan barcha yangi [resurslarni qazib olish] litsenziyalari» qiymatining 50 foizini olishini istamoqda.
Mavzuga oid

23:34 / 19.03.2025
Tramp va Putin muloqoti: bayonotlarga qarab, qanday xulosalar qilish mumkin?

22:33 / 19.03.2025
Putin va Tramp suhbati: dunyo tinchlikka yaqinlashmadi

22:32 / 19.03.2025
Tramp AQShning Yevropadagi NATO kuchlari qo‘mondonligidan voz kechishi mumkin

22:09 / 19.03.2025