Jamiyat | 10:57 / 20.02.2025
2741
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli metan zapravkaning o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Foto: Bosh prokuratura

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasida 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “A.M.A” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli metan zapravkaning o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid