Jahon | 16:00 / 20.02.2025
1036
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Lotin Amerikasidagi 8 ta kartelni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

Venesueladagi «Tren de Aragua», Salvadordagi MS-13 va Meksikadagi oltita kartel «xorijiy terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: AA

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlardagi sakkizta kartelni «xorijiy terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritdi.

AQSh federal hukumatining rasmiy gazetasida chop etilgan qarorda aytilishicha, AQSh Venesuela, Salvador va Meksikadagi sakkizta jinoiy tashkilotni «xorijiy terrorchi tashkilotlar» deb belgilagan.

Qarorda Venesueladagi «Tren de Aragua», Salvadordagi MS-13 va Meksikadagi oltita kartel «xorijiy terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritildi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum qarordan oldin bergan bayonotida: «Agar bu farmon (Meksikada) ekstraterritorial harakatlarni nazarda tutsa, biz ularni qabul qilmaymiz», dedi.

U «Meksika suverenitetining buzilishini» rad etishini aytdi.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Meksika qo‘shma tekshiruvlarni davom ettirish zarurligiga rozi.

«Agar ular AQShdagi pul yuvish va AQShda giyohvand moddalarni olib o‘tuvchi jinoiy guruhlar faoliyatini qo‘shimcha tekshirish uchun ushbu buyruqni chiqarsalar, bu juda yaxshi ish bo‘lardi», — dedi Klaudiya Sheynbaum.

Mavzuga oid