Moskvada Kolumbiya karteli a’zolari yarim tonna kokain bilan qo‘lga tushdi

Jahon 17:27 / 06.12.2024 4139

Federal xavfsizlik xizmati va bojxona xizmati Perudan Rossiya orqali Yevropa Ittifoqiga kokain olib o‘tmoqchi bo‘lgan Kolumbiyaning «Kali» karteli a’zolarini qo‘lga oldi, deb xabar beradi The Moscow Times.

Qayd etilishicha, savdogarlar Moskvaga yuk mashinasi bilan bog‘liq ish bahonasida kelgan, uning ichiga esa giyohvandlik vositalari yashirilgan bo‘lgan. Mashinaning o‘zi hali yig‘ilmagan holatda bo‘lgani bojxonachilarda shubha uyg‘otgan: agregatlar orasida ortiqcha buyumlar bo‘lishi mumkin edi. Sochib tashlangan yuk mashinasi Moskva viloyatidagi omborda saqlangan. Kolumbiyaliklar uning ichidan kokainli briketlarni chiqarib olib, yuk konteyneridagi boshqa bir yashirin bo‘lmaga joylashtirmoqchi bo‘lgan.

Kartel a’zolaridan 570 kilogramm kokain musodara qilingan bo‘lib, uning chakana narxi 5,5 milliard rubldan oshadi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, chet el fuqarolari hibsda saqlanmoqda. Ta’kidlanishicha, narkosavdogarlar ortidan kuzatuv bir necha yil oldin boshlangan va unga bojxona xizmati ham jalb etilgan, shuningdek, Lotin Amerikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalar monitoringi olib borilgan.

Bu joriy yilda Peterburg orqali yuborishga urinilgan eng yirik partiya emas. 3 iyul kuni Ekvadordan kelgan bananlar qutisidan 3,2 tonna kokain aniqlangan edi.

Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida bojxonachilar tomonidan jami 22 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilingan — bu undan oldingi yilga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Ko‘proq yangiliklar: