Ilon Maskning DOGE rahbari lavozimidagi faoliyati sabab Tesla’ga qarshi boykot boshlandi
AQShda norozilik kuchayishiga Maskning immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishni keskin qisqartirish haqidagi ko‘plab bayonotlari sabab bo‘lmoqda.

Foto: REUTERS
Ilon Maskning Donald Tramp ma’muriyatidagi harakati AQShda Tesla mahsulotlariga boykot e’lon qilinishiga va ushbu kompaniyaning avtosalonlari qarshisida norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi.
O‘tgan dam olish kunlari namoyishchilar Tesla’ning Vashington, Pitsburg, Minniyeapolis, Ann-Arbor (Michigan shtati) hamda Kaliforniya shtatining bir qator shaharlarida joylashgan shourumlari qarshisida to‘plandi. «Xalq Tesla’ga bog‘liq barcha narsaga boykot e’lon qilishi kerak. Shunday qilish kerakki, ular foyda ko‘ra olmasin va demokratiyamizni buzmasin», — deydi namoyishchilar.
AQShda norozilik kuchayishiga Ilon Maskning immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishni keskin qisqartirish haqidagi ko‘plab bayonotlari sabab bo‘ldi – Mask AQSh ijtimoiy ta’minot tizimini tarixdagi eng yirik firibgarlik deb atagan.
Kaliforniyadagi norozilik namoyishi ishtirokchilari nafaqat Tesla’ni boykot qilishga, balki Tramp ma’muriyatidagi Ilon Maskning harakatlariga ham chora ko‘rishga chaqirdi. «Bitta odamda butun hukumatdagidan ko‘proq pul bo‘lsa, bu to‘g‘ri emas», — deydi Los-Gatos shahridagi aksiya ishtirokchilari.
Ma’lumot uchun, Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga qariyb 75 million dollar xayriya qilgan va bu uni saylov davrining eng yirik donorlaridan biriga aylantirgan edi. Shuningdek, u bir necha bor siyosatchini qo‘llab-quvvatlovchi mitinglarda so‘zga chiqqan.
Tramp hokimiyatga kelganidan keyin Mask hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari etib tayinlandi. 2024 yil dekabr oyida The Washington Post Maskni «xufiyona prezident» deb atadi. 2025 yil fevral oyida TIME jurnali AQSh prezidentlik kursisida o‘tirgan Mask tasvirlangan muqova bilan chiqdi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025