Jamiyat | 08:16 / 17.02.2025
1776
1 daqiqa o‘qiladi

1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qilishicha, tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.H.ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid