Rossiyaning yetti aeroportida «Kover» rejasi joriy etildi
Rossiya Federatsiyasining yettita aeroportida havo kemalarining qo‘nishi va uchishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kechada Ukrainaning 40 ta uchuvchisiz uchog‘i yo‘q qilingan. Hujumlar Kaluga, Volgograd va boshqa oblastlarda kuzatildi.

Foto: Ria Novosti
Kaluga oblasti Dzerjinskiy rayonidagi sanoat korxonasi hududida dronning qulashi natijasida binolardan biri yonib ketdi. Bu haqda 15 fevral, shanba kuni gubernator Vladislav Shapsha ma’lum qildi.
Voqea joyiga qutqaruv guruhlari va tezkor guruh yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, dedi Shapsha.
ASTRA Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Volgogradda dron ko‘p qavatli turar joy binosi ustiga qulagan. Mahalliy aholiga ko‘ra, hudud xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.
Volgograd oblasti gubernatori Andrey Bocharov mintaqadagi vaziyatga izoh berdi. «15 fevralga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Volgograd oblasti hududiga uchuvchisiz uchoqlar yirik hujumini qaytardi. UUA tutib olindi va zararsizlantirildi», — deya xabar berdi oblast ma’muriyati o‘zining Telegram-kanalida.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat zonasi hududiga vayronalarning qulashi natijasida 5 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan maydonda yong‘in sodir bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qilingan. Yong‘in o‘chirildi.
Saratov oblasti rahbari Roman Busargin va Rostov oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar ham dron hujumlari qaytarilgani haqida xabar berdi.
«Kover» rejasi — Rossiyaning yetti aeroportida
Ayni paytda, «Predstavitel Rosaviatsii» Telegram-kanali Astraxan, Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Kaluga, Saratov va Ulyanovsk aeroportlarida samolyotlar qo‘nishi va jo‘nab ketishiga vaqtinchalik cheklovlar («Kover» rejasi) haqida xabar berdi. Ushbu chora-tadbirlar «fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash» uchun ko‘rildi», deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 40 ta uchuvchisiz uchish apparati navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan bir kechada tutib olingan va yo‘q qilingan.
Mavzuga oid

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025