YeChL. «Bavariya» Glazgoda g‘alaba qozondi, «Milan» Rotterdamda yutqazdi, «Atalanta»da ham mag‘lubiyat

Sport 03:13 5481

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichida birinchi o‘yinlar yakuniga yetdi. 

«Bavariya» Glazgoda «Seltik»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Milan» Rotterdamda «Feyyenoord»ga yutqazib, asosiy masalani «San-Siro»dagi javob bahsiga qoldirdi. «Atalanta» Belgiyada teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda qo‘shib berilgan daqiqalardagi penalti sabab imkoniyatni boy berdi. «Benfika» esa safarda «Monako»dan ustun keldi. 

Javob o‘yinlari 18 fevralda o‘tkaziladi. 

YeChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichi
Birinchi o‘yinlar. 12 fevral

Seltik — Bavariya 1:2
Gollar:
Maeda (79) — Olise (45), Keyn (49). 
Seltik – Shmeyxel, Teylor (Shlupp, 65), Trasti, Karter-Vikers, Jonston, Hatate, Makgregor, Engels, Maeda, Ida (Jota, 65), Kyun (Yan Hyon Jun, 77).
Bavariya – Noyyer, Gerreyru (Ito, 78), Dayyer, Upamekano, Laymer, Goretska, Kimmix, Sane (Koman, 65), Musiala (Myuller, 87), Olise (Gnabri, 65), Keyn.

Feyyenoord — Milan 1:0
Gol:
Payshao (3). 
Feyyenoord – Vellenroyter, Smal (Bueno, 70), Gansko, Belen, Read (Mitchell, 79), Timber (Osman, 79), Milambo, Moder, Payshao (Ivanushets, 85), Ueda (Karransa, 46), Haj-Musa.
Milan – Menyan, Teo, Pavlovich, Tiav (Tomori, 60), Uoker, Reynders, Fofana, Rafael Leau (Kamarda, 83), Joau Feliks, Pulishich (Chukvueze, 60), Ximenes (Abraham, 83).
Ogohlantirishlar: Tiav (51), Smal (57), Milambo (62).

Monako — Benfika 0:1
Gol:
Pavlidis (48).
Monako – Mayetski, Salisu, Kerer, Diatta, Vanderson, Al Musrati, Zakariyo, Golovin (Ben-Segir, 68), Embolo, Akliush (Minamino, 68), Biret (Magassa, 57).
Benfika – Trubin, Alvaro Fernandes, Otamendi, Antoniu Silva, Tomash Arauju (Di Mariya 67,  Kabral 86), Ko‘kchu, Florentinu (Barreyro, 67), Eursnes, Skellerup (Amduni, 78), Pavlidis (Belotti, 78), Akturko‘g‘li 
Ogohlantirishlar: Fernandes (16), Al Musrati (41), Florentinu (56), Vanderson (79), Zakariyo (90).
Chetlatish: Al Musrati (52).

Bryugge — Atalanta 2:1
Gollar:
Yutgla (11), Nilsson (90+4, penalti) — Pashalich (41).
Bryugge – Miniole, de Keyper, Mexele, Ordones, Seys, Yashari, Nvadike, Tsolis (Nilsson, 70), Vanaken, Talbi (Sike, 86), Yutgla (Vetlesen, 86).
Atalanta – Patrisiu, Posh (Toloy, 71), Hin, Jimiti, Pashalich (Samarjich, 63), Zappakosta (Palestra, 86), de Ron, Ederson, Bellanova (Kuadrado, 63), Retegi (Breshianini, 71), de Ketelare.
Ogohlantirishlar: Toloy (90+1), Hin (90+2), Kuadrado (90+2).

Ko‘proq yangiliklar: