Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, tumandagi “E.L” xususiy korxonasi rahbari Sh.L. va “Hududgazta’minot” AJ Toyloq tuman bo‘limi xodimi D.Yu. oldindan til biriktirib, korxonaga qarashli novvoyxonani tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada 760 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
“S.Sh” oilaviy korxonasi rahbari M.H. korxonaga qarashli novvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy tarzda ulashi oqibatida 767 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, Sh.L., D.Yu. va M.H. protsessual tartibda ushlangan.