Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston turnirni Yaman ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba bilan boshladi

Sport 16:17 1701

Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoa 1-turda Yamanni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Bahs taqdirini Muhammadali O‘rinboyevning yagona goli hal qildi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Eron va Indoneziya o‘zaro to‘qnash keladi. 

O‘zbekiston 2-turni 16 fevral kuni Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo Kubogi U-20. 1-tur. 13 fevral
S guruhi

O‘zbekiston — Yaman 1:0
Gol:
Muhammadali O‘rinboyev (26).
O‘zbekiston — Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To‘lqinbekov, G‘iyos Rizaqulov, Dilshod Abdullayev, Narimon Ahmadjonov, Muhammadali O‘rinboyev (Saidumar Saidnurullayev, 84), Ravshan Xayrullayev, Ollobergan Karimov (Rustam Fomin, 78), Asilbek Jumayev, Daler Tuxsanov (Lazizbek Mirzayev, 64), Abdug‘ofur Haydarov (Amirbek Saidov, 78). 
Yaman — Mokref, Ash Shaban, Al Haj, Al Qashmi, As Salami, Muqbil, At Turayqi, Radman (Al Avami, 62), Qosim, Abdulnabi (Al Hateri, 77), Masnom (Al Burnavi, 77). 
Ogohlantirishlar: Abdullayev (47), Muqbil (61), Mirzayev (87).

Ko‘proq yangiliklar: