Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 5 fevral kuni fuqaro S.M. sha’riy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida uni pichoqlab, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.M. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.