Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichining bir nechta o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
«Etihad»da o‘tgan markaziy o‘yinda «Manchester Siti» amaldagi chempion «Real»ni qabul qilib, kambek qurboni bo‘ldi. Holandning dubliga Mbappe, Dias va Bellinghem javob berishdi. Hal qiluvchi to‘p 90+2-daqiqada kiritildi. Bu — Madrid klubining «shaharliklar» maydonidagi ilk g‘alabasi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
Fransiya jamoalari to‘qnashuvida kutilganidek «PSJ» «Brest» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, 2025 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Dembele dubl qayd etdi.
O‘z juftligida favorit sanalgan «Yuventus» PSV ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Borussiya D» esa Lissabonda «Sporting»dan yirik hisobda ustun kelib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi.
Javob bellashuvlari 19 fevral kuni o‘tkaziladi.
YeChL. 1/8 finalga chiqish uchun o‘tish bosqichi. 11 fevral
Birinchi o‘yinlar
Manchester Siti — Real 2:3
Gollar: Holand (19, 80 penalti) — Mbappe (60), Dias (86), Bellinghem (90+2) .
Manchester Siti – Ederson, Gvardiol, Ake (Kovachich, 61), Diash, Akanji (Lyuis, 46), Stounz, Grilish (Foden, 30), Silva, de Bryuyne, Savio (Marmush, 84), Holand.
Real – Kurtua, Mendi, Asensio, Chuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Modrich, 81), Kamavinga, Rodrigo (Dias, 84), Vinisius, Mbappe (Fran Garsiya, 90+2).
Brest — PSJ 0:3
Gollar: Vitinya (21, penalti), Dembele (45, 66).
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Shardonne, Lala, Manetti (Fernandesh, 64), Le-Melu (Sala, 83), Kamara (Pereyra Lajye, 83), Fevr (Dumbiya, 72), Sima (Balde, 64), Ajork.
PSJ – Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Fabian Ruis, Vitinya, Joau Nevesh, Barkolya (Li Kan In, 75), Dembele (Ramush, 82), Due (Kvaratsxeliya, 67).
Ogohlantirishlar: Barkolya (70), Shardonne (74).
Yuventus — PSV 2:1
Gollar: Makkenni (34), Mbangula (82) — Perishich (56).
Yuventus – Di Gregorio, Kelli, Gatti, Veyga, Vea, Lokatelli (Tyuram, 68), Duglas Luis, Makkenni (Kopmeyners, 68), Yildiz (Mbangula, 46), Gonsales (Konseysau, 58), Kolo-Muani (Vlahovich, 77).
PSV – Benites, Mauro Junior, Obispo, Flamingo, Ledesma, Verman, Shauten, Saybari (Til, 72), Lang (Bakayoko, 72), Perishich, de Yong.
Ogohlantirish: de Yong (73).
Sporting — Borussiya D 0:3
Gollar: Girassi (60), Gross (68), Adeyyemi (82).
Sporting – Ruy Silva, Mateus Reys (Bragansa, 62), Sen-Jyust, Diomande, Fresneda (Kuarejma, 73), Simoynsh (Morita, 62), Debast (Biel, 73), Arauxo, Kenda, Trinkau, Harder (Gokeresh, 59).
Borussiya D – Kobel, Svensson (Zyule, 90+3), Shlotterbek, Ryuerson, Jan, Gross (O‘zjan, 90+3), Zabitser, Brandt (Dyuranvil, 86), Gittens (Bayyer, 65), Adeyyemi (Chukvuemeka, 86), Girassi.
Ogohlantirishlar: Girassi (66), Trinkau (78).