AQSh moliya vaziri Skott Bessent Ukrainaga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning 11 fevral, seshanba kuni kechqurun chop etilgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytiladi.
«Moliya vaziri Skott Bessentni Ukrainaga prezident Zelenskiy bilan uchrashish uchun yuboryapman. Bu urush tezda tugatish kerak va u tezda tugaydi — juda ko‘p o‘limlar va vayronagarchiliklar. AQSh butun dunyo bo‘ylab milliardlab dollar sarfladi, ammo buni ko‘rsatish uchun kam narsaga ega. Amerika kuchli bo‘lsa, dunyo tinch bo‘ladi», - deb yozgan Tramp.
Tramp: Yordam evaziga nodir metallar
Avvalroq Donald Tramp Ukraina Qo‘shma Shtatlarga nodir metallar yetkazib berishga va’da bersa, unga yordam davom etishini aytgan edi. «Biz Ukraina bilan shartnoma tuzmoqchimiz, u yerda ular biz beradigan narsalarni o‘zlarining nodir metallari va boshqa buyumlari bilan ta’minlaydilar», dedi u.
Tramp Kiyev Vashingtonga resurslar yetkazib berishini xohlaydimi, degan savolga AQSh prezidenti ijobiy javob berib, nodir metallarni yetkazib berish bo‘yicha «kafolatga ega bo‘lishni» istayotganini ta’kidladi va Ukraina bunga allaqachon tayyor ekanini ko‘rsatdi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Kiyevdan ko‘rsatilgan yordam uchun Vashingtonga «deyarli 300 milliard dollar» tovon to‘lashini istaydi.