Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi

Sport 16:29 5702

Shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQSh terma jamoasini tark etib, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Qaytish sabablari haqida shaxmatchining o‘zi shunday dedi:

«Gap pulda yoki va’dalarda emas, men doim Vatanimiz bayrog‘i ostida qatnashishni xohlaganman. Lekin orada shunday davr bo‘ldiki, ketishga majbur bo‘ldim. Agar men O‘zbekistonda muhit o‘zgarganini, Shaxmat federatsiyasida sportchilarga e’tibor paydo bo‘lganini his qilmaganimda qaytmas edim».

Gulruhbegim Tohirjonova o‘zbekistonlik ayollar ichida xalqaro grossmeyster unvonini olgan ikkinchi shaxmatchi. U 2020 yilda, 21 yoshida AQShga jo‘nab ketgan, keyinchalik ketishiga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidagi «adolatsizliklar» sabab bo‘lganini aytgandi.

Tohirjonova AQSh terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi bo‘ldi. 2023 yilda «Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi» deb topildi.

Oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSh va O‘zbekiston o‘zaro duch kelganda Gulruhbegim o‘z hamyurtlariga qarshi dona surishdan bosh tortdi.

Ko‘proq yangiliklar: