Qashqadaryo viloyatidagi Karaktay gaz quvuri tarmog‘ining muhofaza maydonida noma’lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer ishlarini bajarish vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazildi, deb xabar beradi «O‘ztransgaz».
Qayd etilishicha, nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 12 fevral kuni Karaktay gaz quvuri tarmog‘idan tabiiy gaz ta’minotini amalga oshiruvchi «Jalilbek» va «Karaktay» gaz taqsimlash stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyatining quyidagi hududlaridagi 28 ming 229 ta aholi va 716 ta ulgurji iste’molchilar gaz ta’minoti vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Qarshi shahri — «Arabxona», «Shayxali», «Nasaf», «Darvozatutak», «Qarliqxona», «Geolog», «Otchopar», «Zog‘za», «Qo‘rg‘oncha», «Navro‘z», «Chaqar», «Charmgar», «Bog‘ishamol», «Eskianhor», «Roguzar», «Samarqand», «Yangi Chaman», «Aral», «Xudoyzod», «Qarliqbag‘ot», «Gulshan», Alisher Navoiy, «Kunchiqar», «Komilon», «Beklar», «Mahsumobod», «Mahallot», «Taraqqiyot», «Mustaqillik», «Ravoq» MFYlari va 1-2-m/t;
- Qarshi tumani — «Bog‘obod», «Yertepa», «Ko‘chkak», «Mustaqillik qo‘rg‘oni», «Parg‘o‘za» MFYlari;
- Koson tumani — «Ko‘lbuqa», «Xo‘jaqo‘rg‘on», «Nasaf» MFYlari.
«Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi», — deyiladi xabarda.