Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi Senat rahbari Iliye Bolojanni mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
«Klaus Verner Yoxannis iste’foga chiqishi munosabati bilan Ruminiya prezidenti lavozimi 12 fevraldan boshlab vakant», — deyiladi sud xabarida.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaga muvofiq Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha Senat raisi Iliye Gavril Bolojan bajarib turadi.
Kuni kecha Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 12 fevral kuni iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. Yoxannis 2014 yildan beri respublika rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
24 noyabr kuni Ruminiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi o‘tkazildi. Birinchi o‘rinni mustaqil nomzod Kelin Jorjyesku egalladi (22,95 foiz), ikkinchi o‘rin esa o‘ng markazchi partiya «Ruminiyani qutqarish ittifoqi» rahbari Yeleana Laskoniga nasib etdi (19,18 foiz). Saylovlarning ikkinchi turi 8 dekabr sanasiga rejalashtirilgan edi.
Yoxannisning mandati 21 dekabrda tugagan, ammo u yangi prezident saylangunga qadar vazifasini bajarib kelmoqda. Buning fonida «ruminiyaliklarni birlashtirish uchun ittifoq», «Ruminiyani qutqaring S.O.S» va «Yoshlar partiyasi» uning iste’fosi bo‘yicha ovoz to‘plashga kirishdi. Ushbu masala parlamentning 11 fevraldagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kerak edi.