Germaniya hukumati mamlakat Harbiy-dengiz kuchlariga hal topshirilmagan Emdem korveti bortida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tergov olib bormoqda, deb xabar beradi Sueddeutsche Zeitung.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar kema dvigateliga bir necha kilogramm metall qirindilarini sepib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, diversiya korvetning joriy yil yanvar o‘rtalarida ilk bor dengizi chiqishidan oldin aniqlangan. Ekspertlarning fikricha, mazkur holat o‘z vaqtida aniqlanmaganida kemaga jiddiy shikast yetib, uning Harbiy-dengiz kuchlariga topshirilishi uzoq vaqtda cho‘zilishi mumkin edi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat harbiylari 2 milliard yevroga 130 klassidagi korvetdan beshta buyurtma qilgan.
Politsiya hozirda holat bo‘yicha tergov olib bormoqda, ammo uning qanday ketayotgani to‘g‘risida biror-bir ma’lumot taqdim etishdan bosh tortgan.
Fevral boshlarida Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer avtomobillarning tutun chiqargichlaridagi qurilish ko‘piklari bilan sodir etilgan diversiya ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmagandi.