O‘zbekiston | 13:59 / 09.02.2025
18870
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar ma’lum qilindi

Poytaxtni hisoblamaganda eng ko‘p aholi shaharlar orasida Namanganda, tumanlar orasida Urgutda yashaydi.

Statistika agentligi O‘zbekistondagi aholi soni eng ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlar top o‘ntaligini ma’lum qildi. Ro‘yxatga poytaxt Toshkent kiritilmagan.

Aholi eng ko‘p yashaydigan 10 ta tuman va shaharlar quyidagilar:

1. Namangan shahri - 713,4 ming kishi

2. Samarqand shahri - 595,8 ming kishi

3. Urgut tumani - 572,6 ming kishi

4. Andijon shahri - 492,4 ming kishi

5. Denov tumani - 430,5 ming kishi

6. Olmazor tumani - 412,0 ming kishi

7. Past Darg‘om tumani - 392,1 ming kishi

8. Yunusobod tumani - 385,2 ming kishi

9. Shayhontohur tumani - 369,9 ming kishi

10. Asaka tumani - 362,1 ming kishi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 37 543,2 ming kishini tashkil etgan.

Mavzuga oid