AQSh prezidenti Donald Trampning Xalqaro jinoiy sudga (XJS) qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qarori — xalqaro adolat tizimiga hujumdir, deydi Amnesty International xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti bosh kotibi Agnes Kallamar.
Kallamar o‘z bayonotida Trampning qaroriga munosabat bildirdi: «Isroil universal huquq tamoyillari va xalqaro adolatdan ustun turadigandek signal yuborish, o‘ylanmay qilingan harakatdir. Bu Tramp Isroil hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni ma’qullashi va jazosilikni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda».
Trampning qarori asrlar davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan yaratilgan «xalqaro adolat tizimiga hujum» ekanini ta’kidlagan Kallamar ushbu sanksiyalarni «insoniyaga nisbatan yana bir xoinlik», deb atadi.
Uning qayd etishicha, AQSh xalqaro huquqqa oid jinoyatlarda aybdor bo‘lganlarning adolatdan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yaratilgan institutni jazolashga tayyor.
«Biror-bir inson xalqaro jinoyati uchun javobgarlikdan ozod bo‘lmasligi kerak. Xususan, ushbu pozitsiya Trampning siyosiy alyanslari tufayli AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi kerak», — deydi bosh kotib.
Kallamar G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi genotsid, Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini va ko‘plab fronlardagi xalqaro huquqqa nisbatan tahdid haqida gapirib, XJS kabi institutlar har qachongidan ham zarurroq ekanini qo‘shimcha qildi.
«Sanksiyalar sudga o‘zining mustaqil sud funksiyasini samarali bajarishga to‘sqinlik qiladi va bu XJSga a’zo 125 davlatning kollektiv irodasiga qarshi chiqish hisoblanadi», — deydi Kallamar.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Isroil bosh vaziri Netanyahuni hibsga olishga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi. Tramp 6 fevral, payshanba kuni imzolagan farmonga ko‘ra, AQSh fuqarolari va ittifoqchilari, shuningdek, ularning oila a’zolariga nisbatan sud tergovlarini qo‘llab-quvvatlovchi XJS rasmiylari AQSh moliyaviy va viza cheklovlariga duchor bo‘ladi.