Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cyber university davlat universitetiga rektor tayinlandi
Shuhrat Qayumov Cyber university davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Mazkur oliygoh prezident qarori bilan yanvar oyida tashkil etilgan.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Shuhrat Qayumov Cyber university davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Shuhrat Qayumov 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat texnika universitetini va 2008 yilda Yaponiyaning siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan.
Faoliyati davrida Vazirlar Mahkamasi axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentida, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u oliy va o‘rta ta’lim vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etilishi to‘g‘risida yanvar oxirlarida xabar berilgandi. Mazkur oliygoh kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 14:14
-
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi
Jahon | 13:57
-
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
O‘zbekiston | 13:53
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
Mavzuga oid

13:05 / 31.01.2021
«Ibodat uchun jonini fido qilardi» – Shuhrat Qayumov yaqinlari xotirasida

14:02 / 22.09.2020
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olamdan o‘tdi

15:05 / 19.12.2019
«Kamera ortida bo‘lishni tanladim» – Abdullajon roli bilan tanilgan Shuhrat Qayumov bilan suhbat

12:24 / 09.11.2016