Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida yirik yong‘in yuz berdi

O‘zbekiston 17:41 1419

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqramasi Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 7 fevral kuni soat 16:22 da Yuqori Chirchiq tumani “Iyk-ota” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:29 da yetib borib, alanga soat 16:37 da o‘rab olingan va 16:47 da to‘liq o‘chirilgan.

«Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in chiqqani, Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: