Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

O‘zbekiston 10:37 586

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2025 yilning 4-6 aprel kunlari ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi, deb xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Jamg‘armaning ta’kidlashicha, sammit «Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan».

Sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladi va Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: