O‘zbekiston va Britaniya maktablararo qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi

O‘zbekiston 15:20 394

Ostin Sheppard Haven High Academy ta’lim muassasasi hozirgi kunda O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda maktablararo almashinuv dasturini ishlab chiqayotganini bildirdi.

Dastur tomonlarning kelishuviga ko‘ra, bir haftalik, o‘n kunlik yoki ikki haftalik muddatlarda tashkil etiladi. Loyiha ta’lim jarayonlari bilan birga qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy yodgorliklari bo‘ylab qisqa sayohatlarni qamrab oladi. Dastlabki bosqichda 5-15 nafar, keyingi davrda 20-30 nafar o‘quvchilarning ishtiroki nazarda tutilgan.

"Mazkur dastur o‘quvchilar va ularga hamrohlik qiluvchilarga O‘zbekistonning boy tarixi va me’morchiligi bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik o‘quvchilarga Buyuk Britaniyaning qiziqarli joylariga sayohat qilish imkonini taqdim etadi", - dedi Ostin Sheppard.

Ko‘proq yangiliklar: