Amerikalik ishbilarmon Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida jahon yulduzlarining Ukrainaga tashrifi moliyalashtirilgani haqidagi soxta xabarni tarqatdi, bu Rossiyaning «Matryoshka» dezinformatsiya tarmog‘i bilan bog‘liq, deb yozdi The Insider.
Na video, kotoroye perepostil Mask, utverjdayetsya, chto USAID tratilo sredstva amerikanskix nalogoplatelshchikov na organizatsiyu poyezdok znamenitostey dlya podderjki Zelenskogo.
— The Insider (@the_ins_ru) February 6, 2025
Etot rolik, veroyatno, imeyet otnosheniye k rossiyskoy seti dezinformatsii «Matreshka», vpervyye zamechennoy… pic.twitter.com/xQiQ4PIm5n
Mask joylagan videoda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ukraina prezidenti Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taniqli shaxslar sayohatlarini tashkil qilish uchun amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini sarflagani aytiladi.
Go‘yo ENews media kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan soxta videoga ko‘ra, bir qancha mashhur aktyorlar Ukrainaga borgani uchun katta pul olgan: Anjyelina Joli - 20 million dollar, Orlando Blum - 8 million dollar, Ben Stiller - 4 million dollar, Jan-Klod Van Damm - 1,5 million dollar.
Ben Stiller bu dezinformatsiyaga zudlik bilan javob qaytarib, Ukrainaga sayohatini to‘liq o‘z hisobidan moliyalashtirganini va USAID tashkilotidan hech qanday yordam olmaganini aytdi. Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ham ENews manbalarida bunday material hech qachon chop etilmaganini ta’kidladi.
Raddiyalarga qaramay, Mask bu yolg‘on kontentni uzoq vaqt davomida X sahifasidan olib tashlamadi, bu vaqt ichida post ostida ijtimoiy tarmoqning izohi paydo bo‘ldi. Unda material ENews uslubiga taqlid qilib yaratilgan bo‘lsa-da, mediakompaniya bunday yangilikni e’lon qilgani haqida hech qanday dalil yo‘qligi aytiladi.
2024 yil dekabr oyida Bluesky ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaning «Matryoshka» dezinformatsiya kampaniyasi paydo bo‘lgani aniqlandi. Uni birinchi marta Bellingcat asoschisi Eliot Xiggins payqadi. Kampaniya oltita soxta videoni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning barchasi bir xil tamoyil asosida ishlangan: dastlab haqiqiy shaxs (mutaxassis, professor yoki nufuzli universitet talabasi) o‘zini tanishtiradi va ekologiya kabi mavzuni bayon qiladi, so‘ngra ma’ruzachining ishtirokisiz o‘sha ovoz Ukrainaga qarshi rivoyatlarni tarqata boshlaydi, G‘arbni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqiradi, shuningdek, Zelenskiyni obro‘sizlantirishga urinadi.