2024 yilda iste’molchilarga 1 mlrd xarid cheki uchun 1 trln so‘mdan ortiq «keshbek» to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
To‘langan «keshbek»lar bo‘yicha yetakchi hududlar:
- Toshkent shahri - 412,2 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati - 107,1 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati - 93,2 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati - 75,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati - 52 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun «keshbek» 2022 yilda joriy qilingan.
2024 yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik «keshbek» summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi — BHM 60 baravari.