Xitoy Sirdaryodagi maktablarga kompyuter texnikasini beg‘araz taqdim etadi

O‘zbekiston 12:09 1005

Mazkur kelishuv O‘zbekiston ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Shuningdek, ushbu loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik hamda sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

"So‘nggi yillarda O‘zbekistonda faol ishlayapmiz. Kompaniyamiz Toshkent viloyatida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Biz O‘zbekistonda, har bir davlat taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan ta’lim tizimidagi keng ko‘lamli islohotlarning guvohi bo‘lyapmiz. O‘zbekistondagi ta’lim jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga qaror qildik. Kompaniyamiz Sirdaryo viloyatidagi o‘quvchilarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishi, raqamli savodxonlikni mukammal egallashi va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishini qo‘llab-quvvatlaydi", dedi kompaniya raisi Karlos Chan.

Ushbu kompyuterlar Sirdaryo viloyatidagi maktablarga O‘zbekistonning Shanhaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: