Jahon | 14:07 / 05.02.2025
2978
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning «soyadagi» floti AQSh va Yevropa Ittifoqidan 230 ta tankerni o‘z ichiga oladi

Germaniyaning NDR va WDR telekanallari ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa yuk tashuvchi kompaniyalari Rossiyaning «soyadagi floti»ning bir qismi bo‘lgan eski tankerlarni sotishdan milliardlab daromad olgan.

Foto: Lucy Nicholson / Reuters

Xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tib, Rossiya Federatsiyasidan neft eksport qiladigan Rossiyaning «soyadagi floti»ga ilgari AQSh va Yevropa kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 230 ta tanker kiradi. Bundan 4 fevral, seshanba kuni Germaniyaning NDR va WDR telekanallari xabar qilgan xalqaro jurnalistlar konsorsiumining surishtiruvi natijalari dalolat bermoqda.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Moskva «soyadagi floti»ning uchdan biridan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi bu kemalarning barchasi Ukrainaga to‘liq bostirib kirilganidan so‘ng, ishlatilgan tankerlar narxi urushdan oldingi yilga nisbatan ikki baravar oshganidan keyin Rossiyaga sotilgan.

Eski tankerlarni sotishdan milliard dollar foyda

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, kemalarni sotish ularning sobiq egalariga, shu jumladan nemis egalariga milliardlab yevro olib kelgan. 2022 yildan 2024 yilgacha Germaniyaning yuk tashish kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 11 ta tanker hozirda Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kirdi. Birgina ushbu operatsiyalardan kema egalari 200 million yevroga yaqin daromad olishdi, deya ta’kidlanadi.

Xususan, surishtiruvda Hamburgning Schulte va Chemikalien Seetransport GmbH yuk tashish kompaniyalari, shuningdek Dortmundning Salamon AG kompaniyasi tomonidan tankerlar sotilgani tilga olinadi.

Mavzuga oid