NBC: Pentagon AQShning Suriyadagi barcha qo‘shinlarini olib chiqish rejalarini tayyorlamoqda
Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida ham Suriyadagi Amerika qo‘shinlarining katta qismini olib chiqib ketgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2 mingga yaqin AQSh harbiylari qolgan.

Foto: Getty Images
AQSh Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlarini Suriyadan to‘liq olib chiqib ketish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda idoraning ikki vakiliga tayanib NBC News xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pentagon xodimlari AQSh prezidenti Donald Tramp va unga yaqin bo‘lgan amaldorlar ushbu masalaga qiziqish bildirganidan keyin bu kabi rejalarni tayyorlashni boshlagan. Rejalarda qo‘shinlarni 30, 60 yoki 90 kun ichida olib chiqib ketish muddatlari ko‘rsatilgan.
NBC suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols 31 yanvar kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) shtab-kvartirasida yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashgan. Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilingan.
Oq uy rasmiy vakilining telekanalga ma’lum qilishicha, Suriyadagi Amerika kuchlarining potensial qisqartirilishi brifing yoki Uols tashrifining maqsadi bo‘lmagan. Pentagon bunga izoh berishdan bosh tortgan.
2019 yilda, Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davrida Suriyadan AQSh qo‘shinlarining katta qismini olib chiqib ketgandi. Pentagon 2024 yil dekabr oyida ushbu mamlakatda 2 mingga yaqin amerikalik harbiy qolayotganini ma’lum qilgandi.
NBC’ning Pentagondagi manbalari ogohlantirishicha, Suriyadan Amerika qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi «Suriya demokratik kuchlari»ni qo‘llab-quvvatlovdan mahrum qiladi va 50 mingdan ortiq mahbus saqlanayotgan qamoqxona hamda lagerlarni xavf ostida qoldiradi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
Jamiyat | 19:27
-
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi
Jahon | 19:22
-
Toshkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan chet el fuqarosi ushlandi
O‘zbekiston | 19:11
-
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
Jahon | 19:09
Mavzuga oid

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

21:39 / 17.04.2025
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

17:47 / 17.04.2025