Qayd etilishicha, UzGasTrade AJ tomonidan gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi yuzasidan ogohlantirish berilgan.
Shu munosabat bilan birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini inobatga olgan holda 3 fevral kuni ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritilgan.
«Ayni vaqtda avariya holati bartaraf etilgan va gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, UzGasTrade — tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlangan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish bilan shug‘ullanadi.