Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Ayol rulda uxlab qolib, mashinasi bilan jardan qulab tushgan.

Foto: New York Post
AQShning Indiana shtatida 41 yoshli ayol mashinasi bilan jarlikdan qulab tushdi. Olti kun davomida jarohatlar bilan mashinada qolib ketgan ayolni tasodifan topib olishdi, deb xabar bermoqda ABC News.
Drenaj va tuproq ishlari bilan shug‘ullanuvchi erkak jarlik yonidan o‘tayotganda ayolning mashinasini payqab qolgan. U darhol rahbariga qo‘ng‘iroq qilgan va ular birgalikda avtomobilni tekshirib, ichidan jabrlanuvchini topishgan.
Ayol hushida edi. U kimdir uni topib olishidan butunlay umid uzganini aytadi. Jabrlanuvchini Chikagodagi shifoxonaga olib borishdi. Shifokorlar uning ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qildi. Ayolning oyoqlari va bilagi jiddiy shikastlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi rulda uxlab qolib, mashina yo‘ldan chiqib ketgan va ko‘prik ostidagi ariqqa qulagan. Uning telefoni yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga tushib, quvvati tugagan. Ayolning tirik qolishiga egnidagi kurtkasi yordam bergan. U kurtkani mashina tiqilib qolgan ariqdagi suvga botirgan va matoga shimilgan suvni siqib ichgan.
Mahalliy sherif jabrlanuvchini topgan erkakni qahramon deb atadi. Agar u mashinani payqamaganida, voqea ayanchli tugashi mumkin edi.
Avvalroq Xitoy tog‘larida adashgan 18 yoshli sayyoh tish pastasini yeb omon qolgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Jamiyat | 14:47
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
-
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?
Jamiyat | 14:34
-
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda
Jahon | 14:32
Mavzuga oid

13:56
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

13:11
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda

13:05
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

12:20