Ro‘yxatga olingan 41 partiyadan 29 tasi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Bundestag saylovlarida qatnasha oladi. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni Federal saylov komissiyasi rahbari Rut Brand idorasi xabar berdi.
Sotsial-demokratik partiya (GSDP), "Alyans 90"/"yashillar", Erkin demokratik partiya (ErDP), o‘ng populistik "Germaniya uchun muqobil" (GuM), So‘l partiya, "Erkin saylovchilar" (Freie Wähler), Volt partiyasi, Germaniya Marksist-lenin partiyasi, "Germaniya uchun ittifoq" (Bündnis Deutschland) va "Sara Vagenknext ittifoqi" barcha 16 federal yerdagi ro‘yxatlarda taqdim etilgan, deya xabar beradi dpa agentligi.
Xristian-demokratik ittifoq (XDI) Bavariyadan tashqari barcha federal yerlarda, Xristian-sotsial ittifoq (XSI) esa faqat Bavariyada qatnashadi.
Saylovda sakkiz partiya faqat bitta hududda qatnashadi
Boshqa partiyalar barcha federal yerlarda saylov byulletenlariga kiritilmaydi.
Saylovda faqat bitta federal hududda sakkiz partiya qatnashadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Bundestagda yoki mahalliy parlamentda kamida besh nafar deputatdan iborat bo‘lmagan partiya birlashmalari o‘zlarining aniq saylov takliflarini qo‘llab-quvvatlash uchun imzo to‘plashlari shart. Biroq, ularning hammasi ham buni uddalay olmadi.