Unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va O‘zbekistonning kosmik texnologiyalar hamda ilm-fan sohasidagi xalqaro sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda UNOOSA shafeligida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbuslaridan biri bo‘ldi. Mazkur forum milliy iqtisodiyotning turli masalalarini hal etish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda kosmik texnologiyalarning rolini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanadi.
Yana bir muhim muhokama mavzusi Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda Koinot fanlari, texnologiyalari va ta’lim markazini tashkil etish taklifi bo‘ldi. Loyiha ta’lim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, jumladan, masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, kosmik huquq va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi.
Tomonlar ushbu tashabbuslarni yanada ilgari surish uchun qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi.