AQSh O‘zbekistonning mingga yaqin fuqarosini deportatsiya ro‘yxatiga kiritdi - OAV
Migrantlar hibsga olinmagan, biroq deportatsiya etish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar qariyb 1,5 million migrantni deportatsiya qilish haqida qaror chiqargan. Bu haqda AQSh Immigratsiya va bojxona xizmatining (ICE) 2024 yil noyabr oyidagi hisobotiga tayanib Fox News xabar berdi.
Qayd qilinishicha, deportatsiya qilinadigan O‘zbekiston fuqarolari soni 975 kishini tashkil etadi.
Migrantlar hibsga olinmagan, biroq deportatsiya etish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingan. Deportatsiya qilinadiganlar orasida son jihatdan Meksika (252 044), Gvatemala (253 413), Honduras (261 651) va Salvador (203 822 kishi) fuqarolari yetakchilik qilmoqda.
Ro‘yxatda Xitoy fuqarolari qariyb 40 ming kishini tashkil qiladi. Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston (369), Qirg‘iziston (319), Tojikiston (149) va Turkmaniston (40) fuqarolari ham bor.
Bundan tashqari, ro‘yxatda allaqachon mavjud bo‘lmagan davlatlar — SSSR va Yugoslaviya ham keltirilgan. Bunday pasportlarga ega bo‘lgan shaxslar aynan qaysi davlatga yuborilishi noma’lum.
Qayd qilinishicha, hibsga olinmagan noqonuniy migrantlar soni yil sayin oshib bormoqda. Jumladan, 2021 moliya yilida 3,7 millionni, 2022 moliya yilida qariyb 4,8 millionni tashkil qilib, 2023 moliya yilida 7 milliondan oshgan.
Ta’kidlanishicha, noqonuniy migrantlar deportatsiyadan himoyalanish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday holatda ICE ularni deportatsiya qilolmaydi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

17:32 / 10.03.2025