2023 yil 1 apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
2024 yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun davlat budjetidan 12 milliard 182 million so‘m (12 million 182 ming 090 kVt/soat) subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati — 2,8 milliard so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,9 milliard so‘m;
- Toshkent shahri — 1,4 milliard so‘m.