Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV
Kun.uz O‘zbekistonning iqtibos indeksi eng baland nashri va ijtimoiy media uchun trend belgilovchi OAV hisoblanadi. Brand Analytics tahlillariga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari eng ko‘p iqtibos keltirgan nashrlar orasida Kun.uz yaqqol yetakchiligi bilan ajralib turadi.

Foto: Brand Analytics
MDH mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining qamrovini monitoring qilib boruvchi Brand Analytics O‘zbekistondagi elektron axborot makonini tahlil qildi.
Tahlilchilarga ko‘ra, axborot makonini shakllantiruvchi eng muhim bo‘g‘in – ommaviy axborot vositalari sanaladi. Kun.uz esa ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAVlar orasida yaqqol yetakchiligi bilan ajralib turadi.
2024 yil oktyabr oyida ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar foydalanuvchilari Kun.uz materiallariga 54 334 marta ochiq havola berishgan. Bu – iqtibos indeksi eng baland nashrlar qatorida keyingi o‘rindagi O‘zAdan (15 628 ta iqtibos) 3,5 barobarga yuqori.
Hisobot davrida internet foydalanuvchilari Daryo.uz'ga 13 182 marta, Gazeta.uz'ga 9462 marta havola berishgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Kun.uz'ning YouTube'dagi rasmiy sahifasi obunachilari soni 3 milliondan oshgandi. 2025 yilning ilk kunlarida esa Kun.uz'ning Instagram sahifasida obunachilar soni 6 milliondan oshdi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:38
-
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video
Jahon | 01:59
-
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Jahon | 01:17
-
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Jahon | 00:35
Mavzuga oid

20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi

10:05 / 02.05.2025
RSF yangi reytingi: OAV erkinligi tarixiy past darajaga yetdi

22:41 / 10.04.2025
Jamoatchilik fikri: ijtimoiy tarmoqdagi kommentlar real hayot in’ikosimi?

11:29 / 25.03.2025