Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Xususan, Litva va Latviya hukumatlari ichida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bo‘lgan samolyotning o‘z mamlakatlari havo makoni orqali Rossiyaga uchishiga ruxsat bermadi.

Foto: Reuters
NATO va YeIga a’zo Sharqiy Yevropadagi uchta davlat Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich hamda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga 9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etish maqsadida o‘z hududlari orqali uchishiga taqiq qo‘ydi.
Serbiyaning «Novosti» portali xabariga ko‘ra, 6 may kuni Litva va Latviya hukumatlari Vuchich bo‘lgan samolyotning Rossiyaga uchishiga ruxsat bermagan. Riga ushbu qarorni «parvoz maqsadining siyosiy nozikligi» bilan izohlagan. Vilnyus esa o‘z navbatida, Vuchich samolyotining o‘z havo hududi orqali o‘tishiga «texnik va diplomatik sabablar» bilan ruxsat bermagan.
3 may kuni Moskvagi G‘alaba paradida Serbiya nomidan ishtirok etishi kutilayotgan Aleksandr Vuchich o‘zini yomon his qilgani sababli AQShga safarini bekor qilgani va Belgraddagi harbiy tibbiyot akademiyasiga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi. 5 may kuni Serbiya moliya vaziri Sinisha Mali Vuchich 9 may kuni Moskvaga borishi mumkinligini, biroq bu tashrif amalga oshadimi-yo‘qmi, aniq aytolmasligini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Polsha va Litva Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso samolyotiga ham Moskvaga o‘z havo hududlari orqali uchishga ruxsat bermagan. Biroq Slovakiya hukumati Fitso parvozi uchun hujjatlarni rasmiylashtirgach, Varshava parvozga qo‘yilgan taqiqni yechgan. «Shu bilan birga, Polsha bosh vazir Fitsoning Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etishiga tanqidiy munosabatda», — deyiladi Polshaning Slovakiyadagi elchixonasi xabarida.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin 9 may kuni Moskvada Aleksandr Vuchich va Robert Fitso bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. U Fitso bilan Ukraina urushini, Vuchich bilan esa G‘arbiy Bolqondagi vaziyatni muhokama qilish niyatida.
Mavzuga oid

11:16 / 08.07.2025
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi

14:51 / 29.06.2025
Serbiyada talabalar norozilik namoyishlari vaqtida tartibsizlik ro‘y berdi. O‘nlab odam hibsga olindi

14:44 / 26.06.2025
Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib hibsga olindi

14:05 / 12.06.2025