3,4 mln so‘mdan 15,3 mln so‘mgacha - Statistika agentligi sohalar kesimidagi o‘rtacha oyliklarni ma’lum qildi
Agentlikka ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etgan. Toshkent shahri (9,1 mln so‘m) va Navoiy viloyatida (6,8 mln so‘m) eng ko‘p, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa eng kam (3,8 mln so‘m) o‘rtacha maosh to‘langan. O‘qituvchilar va shifokorlarning oyligi eng kamligicha qolmoqda.

Foto: Kun.uz
2024 yilning yakunida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 17,4 foizni tashkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (9 mln 72 ming), Navoiy (6 mln 766 ming) va Toshkent viloyatida (5 mln 98 ming) qayd etilgan.
Eng kam maoshlar esa Qashqadaryo (3 mln 785 ming), Surxondaryo (3 mln 810 ming) va Namangan (3 mln 869 ming) viloyatlarida kuzatilgan.
Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda – Toshkent shahri va Navoiy viloyatida nominal ish haqining darajasi respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich respublika darajasidan turli miqdorda past shakllangan.
O‘tgan yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (21,4 foiz), Samarqand (17,6 foiz), Sirdaryo (16,7 foiz), Namangan (16,5 foiz) hamda Farg‘ona (15,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
2024 yilda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda 3 mln 138 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. Shundan 37,8 foizi ta’lim, 18,1 foizi sanoat, 16,7 foizi sog‘liqni saqlash sohasi vakillari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024 yil yakunlari bo‘yicha sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:
- bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida – 15,3 million so‘m;
- axborot va aloqa sohasida –13,1 mln so‘m;
- tashish va saqlash sohasida – 8,1 mln so‘m;
- sanoat sohasida – 6,4 mln so‘m;
- savdo sohasida – 6,2 mln so‘m;
- qurilish sohasida – 5,9 mln so‘m;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 4,6 mln so‘m;
- san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 4,3 mln so‘m;
- ta’lim sohasida – 3,6 mln so‘m;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3,4 mln so‘m.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

11:55 / 04.03.2025