«Dikiy arman» 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Qozog‘istonlik kriminal avtoritet, Yovvoyi Arman laqabi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Olmaota sudining hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U yanvar voqealari tashkilotchiligida hamda jinoiy guruh tashkil etishda ayblanmoqda. Unga homiylik qilgan Qozog‘iston MXQ sobiq xodimi esa 15,5 yilga qamaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
27 yanvar kuni Olmaota sudida «Yovvoyi Arman» (Dikiy arman) nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiev va Olmaotadagi mahalliy kengash deputati Qayrat Kudaybergenning ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Ular 2022 yil yanvarida Qozog‘istondagi namoyishlar vaqtida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlik va unda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
Sud xujjatlariga tayanib, mahalliy OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimi Ruslan Iskaqov ko‘p yillar davomida Arman Jumageldievning uyushgan jinoiy guruhini himoya qilib kelgan. Hatto u bilan raqobatlashadigan guruhlarni yo‘q qilgan. Sobiq MXQ xodimi Arman Jumangeldiyevning «psixologik jihatdan barqaror qo‘rqmas sportchilar»dan uyushgan jinoiy guruh tuzishga ko‘ndirgan.
Jumangeldiyev 2017 yildan boshlab Turkiyadan turib guruhni boshqarib kelgan hamda yanvar voqealaridan 1 oy oldin, 2021 yil dekabr oyida Qozog‘istonga qaytib kelgan.
Sudda aytilishicha, 7 yanvarga kelib tartibsizliklar uyushtirish rejasi barbod bo‘lganini bilgach, Armanning guruhi simulyatsiyaga o‘tadi. Ya’ni ommaviy tartibsizliklarda qatnashgan aholini qo‘lga olib, «jazolagan». Bu topshiriqlarni unga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Ruslan Iskaqov berib kelgan.
Olmaota sudi 2022 yil yanvar voqealari bo‘yicha «Yovvoyi Arman» nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha hukm chiqardi. Xususan:
- Arman Jumageldiyev — Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ko‘magida jinoiy ta’sirni kengaytirish maqsadida uyushgan jinoiy guruh tashkil etish, 2022 yil yanvar voqealarining asosiy tashkilotchisi, jinoiy guruh tarkibida odamlarni o‘g‘irlab, kaltaklash kabi bir qancha harakatlarda aybdor, deb topilib 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq xodimi Ruslan Iskaqov — 2016 yildan Jumageldiyevga «homiylik» qilgan, yanvar voqealarida jinoyat izlarini yashirish uchun odamlarni o‘g‘irlashni buyurganlikda ayblanib, 15 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Sobiq mahalliy deputat Qayrat Xudoybergen – mehmonxonada shtab tashkil etgani, biznesni himoya qilish bahonasida sportchilarni tartibsizliklarga jalb qilishda aybdor, deb topildi hamda — 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Shuningdek, Yovvoyi arman guruhining 13 a’zosi 10 yildan 15,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Tartibsizliklarning qolgan ishtirokchilari 1,5 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayoniga jamoatchilik va matbuotga kirish imkoni berilmagan hamda yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi. OAV vakillariga sud zalini onlayn kuzatishga ruxsat berildi.
«Yovvoyi Arman» va unga aloqador shaxslar 2024 yilning fevral oyida Olmaota va Chimkent shaharlarida qo‘lga olingan edi. Qozog‘iston hukumati Jumageldiyevni yanvar oyidagi namoyishlar yetakchilaridan biri deb atagan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025