AQSh o‘z migrantlarini qabul qilishdan bosh tortgan davlatlarga sanksiyalar kiritadi

Jahon 21:01 / 27.01.2025 1990

AQSh Kongressi Amerika Qo‘shma Shtatlarida noqonuniy bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini qaytarib olishni istamagan davlatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor. Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lum qildi.

«Kolumbiya va boshqa barcha davlatlar bilishi kerakki, Kongress AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan va deportatsiya qilingan o‘z fuqarolarini qabul qilish talabini bajarmagan mamlakatlarga qarshi sanksiyalar va boshqa choralar qo‘llashga tayyor», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Jonson qo‘shimcha qildiki, prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda va Kongress «uning kun tartibidagi siyosatni amalga oshiradi».

Avvalroq, Kolumbiya prezidenti noqonuniy migrantlarga to‘la ikkita AQSh harbiy samolyotini o‘z hududiga kirishiga ruxsat bermagan edi. Shundan so‘ng, Donald Tramp Kolumbiyaga qarshi viza cheklovlari bilan boj tariflari kiritilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Kolumbiya prezidenti o‘z fikridan qaytdi va agar zarurat tug‘ilsa, migrantlarni qaytarish uchun o‘z samolyotini yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: