Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Gaz sizib chiqish holati sodir bo‘lmagan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” MFY Parkent ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning yerto‘la qismi, yordamchi xonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda 24 yanvar kuni soat 17:44 da poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 17:54 da yetib borib, yong‘in soat 18:06 da qurshab olinib, soat 18:16 o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Ushbu manzilda gaz sizib chiqish holati sodir bo‘lmagan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025