Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i sindi

O‘zbekiston 14:34 / 25.01.2025 16133

Ijtimoiy tarmoqlarda bola bog‘chada kaltaklanishi oqibatida oyog‘i singani haqida videolavha tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga oldi.

Ma’lum qilinishicha, holat 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida sodir bo‘lgan. Tarbiyachi yordamchisi, 1997 yilda tug‘ilgan Y.M. go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida 2023 yilda tug‘ilgan S.A.ning boshiga urgan. So‘ngra qo‘pol harakatda uni ko‘tarib, boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan. Oqibatda bolaning chap oyog‘i singan.

Bolaning ota-onasiga bog‘cha ma’muriyati tomonidan o‘g‘li o‘zi yiqilib oyog‘i singani va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgan. Bolaga “chap oyoq son suyugi sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

Shundan so‘ng ota-ona bog‘cha ma’muriyatidan kuzatuv kameralari yozuvlarini ko‘rsatishni talab qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: