Unda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va Bryussel erkin universiteti o‘rtasida iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar, muhandislik, biologiya fanlari, muhandislik texnologiyalari va boshqa o‘zaro ustuvor yo‘nalishlarda akademik sheriklikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Universitet rahbariyati O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki mamlakat universitetlari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda qo‘shma almashinuv dasturlarini amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.