Google kompaniyasi Anthropic sun’iy intellekt startapiga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Fan-texnika 03:26 337

Amerikaning Alphabet Inc korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Google kompaniyasi Anthropic sun’iy intellekt startapiga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Bunqa qadar Google Anthropic’ka 2 milliard dollar investitsiya kiritgan.

Anthropic, shuningdek, Lighspeed Venture Partners fondi boshchiligidagi Kremniy vodiysining venchur investorlaridan ham 2 milliard dollar jalb etishga yaqin turibdi. Ushbu bitim doirasida kompaniya 60 milliard dollar atrofida baholanishi kutilmoqda — bu avvalgi investitsiya raundidan taxminan uch baravar ko‘p.

Amazon kompaniyasi oxirgi 1,5 yilda Anthropic’ka 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritganini e’lon qilgan va startapni butun dunyo bo‘ylab 500 million iste’molchi qurilmasiga o‘rnatilgan Alexa ovozli yordamchisiga integratsiya qilish ustida ish olib bormoqda.

Anthropic 2021 yilda, ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasidan chiqqan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya bazaviy sun’iy-intellekt tizimlari va til modellari, Claude sun’iy intellekt assistentini takomillashtirishga ixtisoslashgan.

Ko‘proq yangiliklar: