22 yanvar, chorshanba kuni dpa axborot agentligi xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh torsa, Rossiyaga qarshi «katta ehtimol bilan» yangi sanksiyalar joriy etishini aytdi.
Oq uy rahbari seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya yetakchisi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan «o‘zlari xohlagan vaqtda» uchrashishga tayyorligini ta’kidladi. Tramp, shuningdek, Ukrainadagi urush qurbonlarining rasmiy sonini yana bir bor shubha ostiga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush allaqachon «millionlab insonlar»ning hayotiga zomin bo‘lgan. Shunday qilib, Amerika prezidentining bahosiga ko‘ra, Moskvaning yo‘qotishlari taxminan 800 ming kishini, Kiyevniki esa 600-700 ming kishini tashkil etadi.
Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam ko‘rsatishda NATOning boshqa davlatlari bilan solishtirganda nomutanosib darajada yuqori moliyaviy yuk ko‘tarayotganini yana tanqid qildi va alyans hamkorlarini mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi. «Bu biz haqimizda emas, balki ular haqida. Bizning oramizda okean bor, shunday emasmi? Bu kichik narsa okean deb ataladi», dedi u.