Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025–2027 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- mahsulotlar eksportini 2025 yilda 4,0 milliard AQSh dollariga, 2026 yilda 5,0 milliard AQSh dollariga va 2027 yilda 7,0 milliard AQSh dollariga yetkazish;
- AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million AQSh dollariga yetkazish;
- ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali jami eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini 70 foizga yetkazish;
- ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida 5,0 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilish.
To‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida belgilangan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.
Mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targ‘ib qilish, joylashtirish va reklama qilish bo‘yicha Made in Uzbekistan dasturi amalga oshiriladi.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ huzurida faktoring tashkiloti tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi

14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi

07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi

08:30 / 17.03.2025