Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi

Jahon 18:11 3598

Qirg‘iziston Jogorku Kengeshida Bishkekdagi tirbandliklar muammosini hal etish uchun poytaxtni boshqa yerga ko‘chirish taklif qilindi, deb xabar beradi Kazinform.

Deputat Bakitbek Maripovning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni ikki boshli mer boshqarsa ham, smog va tirbandlik masalasi hal bo‘lmaydi.

«Poytaxtimizni boshqa yerga ko‘chirishni taklif qilaman. Bu masalani ko‘rib chiqish kerak. Issiqko‘l viloyatida Asman shahri qurilmoqda, u yerga 10 milliard so‘m investitsiya jalb qilingan. Temiryo‘lni poytaxtdan tashqariga ko‘chirish uchun 550 million dollar talab etiladi, shuningdek, aylanma halqa yo‘lini qurishga 1 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ kerak. Poytaxt ko‘chirilsa va vazirlar mahkamasi shahardan tashqariga olib chiqilsa, yo‘l tirbandliklari muammosi hal bo‘ladi», — deydi deputat.

Bundan oldin deputat Elmurza Satibaldiyev Bishkekda tirbandliklar muammosini hal etish uchun poytaxt meriyasiga o‘ng tomonli rulga ega mashinalarning shaharga kiritilishini taqiqlashni taklif qilgandi. Shuningdek, mamlakat parlamenti Bishkekda zararli gazlarning atmosferaga chiqishini kamaytirish uchun Qozog‘iston ko‘mirini xarid qilish taklifini bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Evril Turon O‘zbekiston poytaxtining Toshkent shahridan Jizzax viloyatiga o‘zgartirishni taklif etgandi. U bu haqda «Oltin o‘lka» essesida bayon qilib, taklifini asoslantirishga uringan.

Ko‘proq yangiliklar: